Biz tajribali mutaxassislarni NextBrain LLC jamoasiga Middle/Senior Project Manager sifatida doimiy asosda ishga taklif qilamiz.
Biz nima taklif qilamiz:
- O'ta muhim bo'lgan yirik texnologik loyihalarni boshqarish va amalga oshirish.
- Ish jadvali: Besh kunlik ish haftasi (09:00 dan 18:00 gacha).
- Ish haqi: Raqobatbardosh ish haqi (suhbat davomida muhokama qilinadi).
- Qulay ofis: Qulay infratuzilmaga ega shahar markazidagi zamonaviy ofis.
- Kasbiy o'sish: Haqiqiy loyihalarda ishlash, malaka oshirish.
- Do'stona jamoa: Qulay va qo'llab-quvvatlovchi ish muhiti.
Sizning vazifalaringiz:
- Loyihaning boshidan tortib topshirilishgacha bo'lgan bosqichlarini va muddatlarni muvofiqlashtirish.
- O'zaro bog'liq jamoalarni boshqarish va barcha tomonlarni muvofiqlashtirish.
- Loyiha xavflarini kamaytirish va to'siqlarni bartaraf etish.
- Biznes talablarini texnik xususiyatlarga aylantirish.
- O'zbek tilini bilish.
Talablar:
- Dasturiy IT loyihalarni boshqarish bo'yicha 3-6 yillik tajriba.
- Agile, Scrum va Kanban metodologiyalarini kuchli tushunish.
- Ajoyib etakchilik, muloqot qilish va tashkilotchilik qobiliyatlari.
- Vazifalar trekerlari bilan ishlash (Jira, Trello, Asana).
- Mas'uliyatlilik, diqqatlilik va motivatsiya.
Afzallik bo'ladi:
- Dasturiy injiniring bo'yicha texnik bilim (background).
- PMP, Scrum Master kabi sertifikatlarning mavjudligi.
- LMS, CRM, ERP yoki ta'lim platformalari bilan ishlash tajribasi.
NextBrain LLC bilan karyerangizni davom ettiring 💡