Biz tajribali mutaxassislarni NextBrain LLC jamoasiga Middle/Senior UI/UX Designer sifatida doimiy asosda ishga taklif qilamiz.
Biz nima taklif qilamiz:
- Turli platformalar uchun zamonaviy standart va intuitiv interfeyslarni yaratish.
- Ish jadvali: Besh kunlik ish haftasi (09:00 dan 18:00 gacha).
- Ish haqi: Raqobatbardosh ish haqi (suhbat davomida muhokama qilinadi).
- Qulay ofis: Qulay infratuzilmaga ega shahar markazidagi zamonaviy ofis.
- Kasbiy o'sish: Haqiqiy loyihalarda ishlash, malaka oshirish.
- Do'stona jamoa: Qulay va qo'llab-quvvatlovchi ish muhiti.
Sizning vazifalaringiz:
- Veb/mobil ilovalar uchun intuitiv foydalanuvchi tajribasi va foydalanuvchi interfeyslarini loyihalash.
- User flows (yo'llar), vayrframlar, prototiplar va aniq maketlarni (mockups) yaratish.
- Dizaynni to'g'ri tatbiq etish uchun dasturchilar bilan bevosita hamkorlik.
- Foydalanuvchi izlanishlarini olib borish va fikr-mulohazalarini baholash.
- O'zbek tilini bilish.
Talablar:
- UI/UX dizayni sohasida 3-6 yillik tajriba.
- Figma va interaktiv prototiplash vositalarini mukammal egallash.
- Professional UI/UX dizayn ijodlarining portfoliosi.
- Vizual dizayn tamoyillari va qulaylik (usability) qoidalarini kuchli tushunish.
- Mas'uliyatlilik, diqqatlilik va motivatsiya.
Afzallik bo'ladi:
- Dizayn tizimlari va dizayn tokenlar bilan ishlash tajribasi.
- HTML/CSS imkoniyatlari va cheklovlarini bazaviy tushunish.
- LMS, CRM, ERP yoki ta'lim platformalari bilan ishlash tajribasi.
NextBrain LLC bilan karyerangizni davom ettiring 💡